Yangilik tafsiloti


SUV TEJASH — FAROVONLIK KAFOLATI
SUV TEJASH

SUV TEJASH — FAROVONLIK KAFOLATI

17-aprel, 20263 O'qish vaqti0 ko'rishlar

SUV TEJASH — FAROVONLIK KAFOLATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan PF-22-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Mazkur farmonning 6-ilova 208-bandida belgilangan vazifalarga muvofiq, aholi o‘rtasida suvni tejab ishlatish madaniyatini shakllantirish, uy xo‘jaliklarida tomorqadan samarali va unumli foydalanishni rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

 

Navoiy viloyatida ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, suv resurslarini maishiy ehtiyojlarda tejash, tomorqa yerlarida zamonaviy va innovatsion sug‘orish texnologiyalarini joriy etishning ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, namunaviy tajriba maydonchalari tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan aholi xonadonlariga borib, ilmiy asoslangan tavsiyalar va amaliy maslahatlar berib kelinmoqda.

 

Jumladan, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Axmatov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi Karmana tumani “Narpay” hududi “Paxtaobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Aslonova Ro‘zibibi xonadonida bo‘lib, 6 sotiq tomorqa maydonidan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu xonadonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, suvdan samarali foydalanishning amaliy namunasi sifatida e’tirof etildi.

 

Joriy yilda viloyatda jami 8011 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar sezilarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 3537 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish, shundan 3232 gektari paxta maydonlarida va 305 gektari boshqa ekinlarda joriy etildi. Shuningdek, 1670 gektarda yomg‘irlatib sug‘orish, 591 gektarda diskret sug‘orish texnologiyalari qo‘llanildi. Bundan tashqari, 105 gektar maydonda egatlarga plyonka to‘shab sug‘orish, 1300 gektarda egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish ishlari amalga oshirildi hamda 808 gektar yerlarda lazerli tekislash texnologiyasi joriy qilindi.

 

Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar nafaqat suv resurslarini tejash, balki yerlar unumdorligini oshirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Zero, suvni tejash — bu nafaqat bugungi kun talabi, balki kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatdir.