
YASHIL MAKON — YURTIMIZDA YASHILLIK KENGAYMOQDA
Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya tomonidan 2026-yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda.
Joriy mavsumda jami 25 ming dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 24,5 ming dona ko‘chat ekilib, ularning parvarishi yo‘lga qo‘yildi.
Hududlar kesimida Karmana, Konimex, Qiziltepa, Navbahor hamda Xatirchi tumanlarida minglab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda.
Shuningdek, Karmana tumani “Narpay” hududidagi “Paxtakor irmoq-6” kollektorida o‘tkazilgan hashar davomida 1,5 mingdan ortiq ko‘chat ekildi. Mazkur ishlar hududlarda ekologik muhitni yaxshilash va obodonlashtirishga xizmat qilmoqda.