Asosiy mazmunga o'tish
+998 79 224-97-41
Quyi ZarafshonIrrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

cho‘l hududlarini o‘zlashtirish

Suv — cho‘l hududlarini o‘zlashtirishda asosiy omil

1 daqiqa0 marta ko'rilgan
Suv — cho‘l hududlarini o‘zlashtirishda asosiy omil

Navoiy viloyatida cho‘l hududlarini o‘zlashtirishda Misrning yerosti suvlarini o‘rganish va zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash tajribasidan foydalaniladi.

Bu borada Navoiy viloyati va Misrning suv sohasidagi tegishli ilmiy hamda amaliy tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli cho‘l maydonida qo‘shma tadqiqot va pilot loyihani amalga oshirish taklif etildi.

Shuningdek, Misrning ixtisoslashgan kompaniyalarini Navoiydagi suv loyihalariga jalb qilish, quyosh energiyasi asosida suv chiqarish va zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish belgilandi.

Navoiy viloyatini Misrning suv sohasidagi ilmiy va amaliy tuzilmalari bilan hamkorlikdagi pilot hududlardan biriga aylantirish tashabbusi ilgari surildi.